"Fiorentina" MYUga Zirkzeni ijaraga olish uchun 5 mln evro taklif qildi

Bu haqda “Marca” muxbiri Matteo Moretto xabar bermoqda.
"Binafsharanglilar" "qizil iblislar"ga 1 yillik ijara uchun 5 mln evro taklif qilgan. Shuningdek, Italiya klubi kelishuvga sotib olish huquqini ham kiritishni istayapti.
Qayd etilishicha, tomonlar ehtimoliy bitim borasida ijobiy kayfiyatda.
Avvalroq taniqli insayder Fabricio Romano "Fiorentina" hujumchisi Moyze Kinning "Komo"ga o'tishga yaqin turgani haqida xabar bergan edi.
Kommentariyalar