"Fiorentina" Moyze Kin bilan kelishib oldi

"Fiorentina" hujumchisi Moyze Kin klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Tomonlar yangi mehnat shartnomasi shartlarini kelishib oldilar, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano. 25 yoshli futbolchining maoshiga qo'shimcha haq to'lanadi. Shuningdek, hozirda 52 mln evroni tashkil etayotgan tovon puli miqdori oshirilishi ham ma'lum. Shartnomaning rasmiy yangilanishi bugunga rejalashtirilgan.
Moyze Kin o'tgan yilning yozida "Yuventus"dan 13 mln evro evaziga "Fiorentina"ga o'tgan edi. Futbolchining hozirgi transfer narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 50 mln evroga baholanmoqda. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2029 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Kin "binafshalar" safida 46 ta o'yinda 25 ta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.