Petro Komutstso mavsumni «Torino» safida o'tkazadi.

«Fiorentina» 21 yoshli himoyachini bir yilga ijaraga berdi. Kelishuvda italiyalik futbolchini sotib olish imkoniyati (optsiyasi) ko'zda tutilgan.

Komutstso 2025/26 yilgi mavsumda A Seriyada 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan edi. Shuningdek, u iyun oyida Italiya milliy terma jamoasi safida 2 ta o'yin o'tkazdi.

Manba: Stadion.uz