"Fiorentina"ga yangi sport direktori tayinlanadi

Bir necha kun oldin matbuotda "Tottenxem" sport direktori Fabio Paratichi "Fiorentina"da shunga o'xshash lavozimga o'tishi haqida xabar berilgan edi.
Bu ma'lumot endi tasdiqlandi. "Fiorentina" o'zining rasmiy veb-saytida Paratichi 4 fevral kuni klubning sport direktori bo'lishini e'lon qildi.
Bungacha Italiyada Fabio Paratichi "Yuventus"da sport direktori bo'lib ishlagan. "Fiorentina" ayni damda qiyin mavsumni o'tkazmoqda.