"Fiorentina" o'ng qanot himoyachisi Tarik Lempti A Seriya 4-turi doirasidagi "Komo"ga qarshi o'yinda (1:2) jarohat oldi.

Futbolchi chap tizzasi xochsimon bog'lamini yirtib olgan. U muvaffaqiyatli operatsiya qilingani xabar berildi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, Lempti 7 oyni o'tkazib yuboradi.

Himoyachi yozgi transfer oynasida "Brayton"dan 6 million evro evaziga sotib olingandi.