"Fiorentina" darvozaboni David de Xea yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. "Binafsharanglilar" rahbariyati ispaniyalik posbonni endilikda "daxlsiz" maqomida ko'rmayapti, deya xabar bermoqda insayder Nikolo Skira.

Klub 35 yoshli darvozabonning maoshi (yiliga taxminan 3 million evro) juda yuqori deb hisoblamoqda, shu sababli faxriy futbolchi bo'yicha kelib tushadigan transfer takliflarini ko'rib chiqishga tayyor.

Bundan avvalroq matbuotda David de Xeaga "Yuventus" tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq hozircha vaziyat aniq taklifgacha etib bormagan. "Manchester Yunayted"ning sobiq yulduzining "Fiorentina" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt talqiniga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 3,5 million evroni tashkil etadi.