«Fiorentina» bosh murabbiyi bilan xayrlashishga qaror qildi

Italiyaning «Fiorentina» klubi bosh murabbiy Paolo Vanoli bilan xayrlashadi, OAV buni allaqachon hal bo'lgan masala sifatida yozmoqda. Shuningdek, klub rahbariyati Vanolining o'rnida ko'rishni istagan mutaxassislar ham ma'lum — bular ayni damda «Sassuolo»ni boshqarayotgan Fabio Grosso hamda Rimning «Latsio» klubida faoliyat yuritayotgan Mauritsio Sarridir.
Xorijlik murabbiyni taklif qilish — ikkinchi darajali variant sifatida ko'rilmoqda. Hozirda klub Italiya chempionati turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi, vaholanki aynan Vanoli qo'l ostida jamoaning ishlari ijobiy tomonga o'zgara boshlagan edi.