Finalda penaltidan gol urolmagan Braim Afrika Kubogining eng yaxshi to'purari bo'ldi

"Real" klubi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Braim Dias Afrika Millatlar Kubogining eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Marokash terma jamoasi turnir finalida Senegalga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy berdi (0:1). Asosiy vaqtning 114-daqiqasida Braim o'zi ishlagan penaltisini golga aylantira olmadi - senegalliklar darvozaboni Eduar Mendi panenka usulida yo'llangan zarbani ushlab oldi.
Afrika kubogida jami ettita o'yinda Braim 5 ta gol urdi - bu turnirdagi boshqa o'yinchilaridan ko'p. Viktor Osimxen va Muhammad Salohda 4tadan gol bor.