Filipp Lam FIFAni keskin tanqid qilib chiqdi

2014 yilgi Jahon chempioni Filipp Lam davom etayotgan Jahon chempionati fonida FIFA sha'niga keskin tanqidiy fikrlar bildirdi.
Germaniya terma jamoasining sobiq sardori Germaniyaning Die Zeit nashri uchun yozgan o'z maqolasida turnir muxlislarning ishonchini yo'qotayotganini ta'kidladi.
"Jahon chempionati sotilmoqda. Bu futbolni uning haqqoniyligidan mahrum qilyapti. Natijada muxlislar xavotir his qilishmoqda. Ular uchun FIFAni turnirning o'zidan ajratish tobora qiyinlashib bormoqda", — deb yozadi Lam.
"FIFA real talab haqida halol ma'lumotlarni taqdim etmaslikda va vaziyatdan daromadlarni maksimal darajada oshirish uchun foydalanishda ayblanmoqda", — deya qo'shimcha qildi germaniyalik sobiq futbolchi.
Bundan tashqari, u Jahon chempionatlarini har ikki yilda bir marta o'tkazish g'oyasini ham tanqid ostiga oldi.
"Turnir kelajakda uzoq muddatli meros qoldirishi uchun unga tayyorgarlik ko'rish va yakunlangandan keyin tiklanish davri kerak", — deya ta'kidladi Lam.
Joriy turnir 19 iyulga qadar davom etadi. Musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar