Filipe Luis Evropada ishlamoqchi

Hozirda Braziliyaning "Flamengo" jamoasi bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Filipe Luis faoliyatini Evropada davom ettirishni istamoqda.
40 yoshli braziliyalik mutaxassis kecha bo'lib o'tgan Qit'alararo kubok finalidagi "PSJ"ga qarshi o'yindan (1:1, penaltilar - 1:2) so'ng o'z istagini aytib o'tdi.
Hozirda unga takliflar bor yoki yo'qligi noma'lum. "Flamengo" u bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.