Fil Foden «Manchester Siti»ga Entso Mareskaning tayinlanishiga munosabat bildirdi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Foden klubning Entso Mareskani bosh murabbiy etib tayinlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Futbolchi «shaharliklar»ning ushbu tanlovidan mamnun ekanini tan oldi. Foden mutaxassis sha'niga iliq fikrlar bildirdi.
«Entso bilan yana birga ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutyapman. U biz trebl qayd etgan mavsumda o'zini ajoyib tarzda ko'rsatgan edi — barcha futbolchilar uni hurmat qilishar va u bilan ishlashni yaxshi ko'rishardi. Uning bu erga qaytishi — juda ajoyib voqelik», — deydi Foden «Manchester Siti»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola mavsum yakunlangach «Manchester Siti»ni tark etdi. Klub rahbariyati esa Entso Mareska nomzodiga to'xtaldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar