FIFPro 2025 yilning eng yaxshi futbolchilari jamoasini e'lon qildi

FIFPro 2025 yilning eng yaxshi futbolchilari jamoasini e'lon qildi.
Qisqa ro'yxatga 26 nafar futbolchi kiritilgan. Ovoz berishda dunyoning turli burchaklaridagi futbolchilar ishtirok etishdi.
Darvozabon: Djanluidji Donnarumma («PSJ» / «Manchester Siti», Italiya);
Himoyachilar: Virdjil van Deyk («Liverpul», Niderlandiya), Ashraf Xakimi («PSJ», Marokash), Nunu Mendesh («PSJ», Portugaliya);
Yarim himoyachilar: Djud Bellingem («Real Madrid», Angliya), Koul Palmer («Chelsi», Angliya), Pedri («Barselona», Ispaniya), Vitinya («PSJ», Portugaliya);
Hujumchilar: Usmon Dembele («PSJ», Frantsiya), Kilian Mbappe («Real Madrid», Frantsiya), Lamin Yamal («Barselona», Ispaniya).