Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya FIFAning Jahon chempionati–2026 1/8 final uchrashuvi oldidan AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini vaqtincha to'xtatib turish haqidagi qarorini 1 aprel haziliga o'xshatdi.

«6 iyulda emas, balki 1 aprelda o'ynayotganimizni bilmagan ekanman», — deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

24 yoshli hujumchi jahon chempionati 1/16 finalidan o'rin olgan AQSh — Bosniya va Gertsegovina (2:0) uchrashuvining 64-daqiqasida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan va turnirning pley-off bosqichi keyingi raundida o'z jamoasining o'yinini o'tkazib yuborishi kerak edi.

5 iyul kuni FIFA futbolchining diskvalifikatsiyasini vaqtincha to'xtatib turdi. Endilikda Balogun JCh-2026 1/8 finali doirasidagi Belgiyaga qarshi bahsda maydonga tusha oladi. Uchrashuv 6 iyuldan 7 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 05:00 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz