FIFA Yaponiya — Shvetsiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisini aniqladi

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan bahsda Shvetsiya terma jamoasi Yaponiya milliy terma jamoasi bilan to'qnash keldi. Jamoalar 1:1 hisobida durang o'ynab, ochkolarni bo'lishib olishdi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati xabar berishicha, bo'lib o'tgan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb skandinaviyaliklar vingeri Entoni Elanga topildi. U Shvetsiya terma jamoasining o'yindagi yagona goliga mualliflik qildi.
Skandinaviya terma jamoasi to'rt ochko jamg'argan holda, uchinchi o'rin bilan JCh-2026ning 1/16 final bosqichiga yo'l oldi. Ushbu kvartetda birinchi o'rinni Niderlandiya egalladi, Yaponiya ikkinchi bo'ldi, Tunis esa so'nggi pog'onada marraga erishdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar