JCH-2026 vaqtida FIFA Intizom qo'mitasi Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 1/16 final bahsida (2:0) qizil kartochka olgan AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikaciyasini to'xtatib turgandi. Shundan keyin futbolchi Belgiyaga qarshi kechgan 1/8 final o'yinida (1:4) maydonga tusha oldi.

2.jpg

Iyul oyida Infantino tashkilotning asosiy erkaklar va ayollar turnirlarini nazorat qiluvchi FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tuzishni rejalashtirgandi. Bundan tashqari, u Jahon chempionatlarini o'tkazish huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish taklifini ham ilgari surgandi. FIFA ushbu loyiha 4,2 milliard dollar mablag' jalb qilishi mumkinligini bildirgandi. Biroq mazkur tashabbusga UEFA, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL qarshi chiqdi.

Keyinchalik 56 yoshli FIFA rahbari bu loyihadan voz kechdi. Shunga qaramay, UEFA unga nisbatan ishonch yo'qolganini ma'lum qildi, ko'plab Yevropa mamlakatlari futbol federatsiyalari esa Infantinoni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi.