Rossiya terma jamoalari va klublari 2022 yildan buyon FIFA va UEFA shafeligidagi turnirlardan chetlashtirilgan.

Avvalroq, Xalqaro futbol federatsiyasi Rossiya Olimpiya qo'mitasi huquqlarini vaqtinchalik tiklagan XOQ (Xalqaro olimpiya qo'mitasi) tavsiyalaridan so'ng, Rossiya jamoalaridan taqiqni olib tashlash imkoniyatini muhokama qilishi haqida xabar berilgan edi.

Endilikda XOQning ushbu qadamini qanday talqin qilish qarori alohida sport federatsiyalarining ixtiyorida qolmoqda.

The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, FIFA va UEFA hozircha Rossiya klublari va milliy terma jamoalariga nisbatan xuddi shunday choralarni ko'rishni (taqiqni bekor qilishni) rejalashtirmayapti.

Manba: Stadion.uz