FIFA UEFAni tuhmatda aybladi

Bu haqda “The Telegraph” xabar bermoqda.
Shuningdek, UEFA o'z hujjatlaridan birida o'zi va boshqa manfaatdor tomonlar "Shveytsariyada Infantino hamda, ehtimol, FIFAning boshqa mansabdor shaxslari va maslahatchilariga qarshi jinoiy davo qo'zg'atishga tayyorlanayotgani" haqida ogohlantirgan. Agar FIFA hujjatlarni tezkorlik bilan ochiqlashga rozi bo'lsa, uzoq davom etadigan sud jarayonining oldini olish mumkin, degan fikr mavjud.
Biroq shu hafta FIFA o'z bayonoti bilan javob qaytarib, suddan ushbu iltimosnomaga "qarshi chiqish"ni so'radi.
"Garchi bu [UEFA] bayonotlari sarlavhalar va ish raqamlari bilan yuridik hujjat sifatida rasmiylashtirilgan bo'lsa-da, ular UEFAning FIFA va uning rahbariyatiga qarshi tuhmat kampaniyasini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan matbuot xabarnomasidan (press-reliz) boshqa narsa emas", – deya FIFA bayonoti mazmunini keltiradi “The Athletic”.
FIFA FFE rejasi "shunchaki bir taklif" bo'lganini takidlamoqda.
Kommentariyalar