FIFA Tuxelning shikoyatidan so'ng Jahon chempionatida madhiya ijro etish protokolini o'zgartirdi

FIFA Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxelning JCh-2026 o'yinlari oldidan milliy madhiyalar ijro etilishi bo'yicha qilgan iltimosini qanoatlantirdi.
Eslatib o'tamiz, mutaxassis JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Xorvatiyaga qarshi bahsdan (4:2) so'ng, madhiya yangrayotgan paytda fotograflar ko'pligi sababli o'z futbolchilarini ko'ra olmaganidan norozi bo'lgan edi.
«Men 50 ta fotografdan iborat devor qarshisida turgandim. FIFAdan madhiyalar ijro etilayotgan vaqtda ularning joylashuvini o'zgartirishni iltimos qilaman, chunki o'sha lahzada o'z jamoamni umuman ko'ra olmadim», — degan edi germaniyalik murabbiy o'shanda.
«talkSPORT» nashri tarqatgan xabarga ko'ra, FIFA o'yin oldidan madhiyalar aytilishi jarayonidagi protokolga rasman o'zgartirish kiritdi. Endilikda fotoreportyorlar maydonning markaziy chizig'iga yaqinroq joyda zichroq guruh bo'lib joylashishadi. Murabbiylar esa maydon qanot chizig'i bo'ylab sal nariroqda turishadi, bu esa ularga o'z jamoasi futbolchilari madhiya kuylayotgan paytda ularni bemalol kuzatish imkoniyatini beradi.
Manba: Stadion.uz