Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) sobiq bosh kotibi Jerom Valke korruptsiyada aybdor deb topildi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, Shveytsariya Oliy sudi Jerom Valke va gretsiyalik tadbirkor Dinos Deris jahon chempionatlarini teletranslyatsiya qilish bo'yicha shartnomalar tuzishda qonunni buzganliklarini aniqlagan.

Ma'lum bo'lishicha, FIFAning sobiq bosh kotibi uchta to'lovning korruptsion niqobini yashirish uchun ularni o'ziga tegishli kompaniyaning 2013 va 2014 yilgi balanslarida uzoq muddatli kreditlar sifatida aks ettirgan. Funktsioner bu lavozimda 2007 yildan 2015 yilgacha ishlagan.