FIFA prezidenti Janni Infantino afsonaviy ruminiyalik murabbiy Mircha Lucheskuning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Mutaxassis 80 yoshida hayotdan ko'z yumdi.

"Futbol uchun juda mahzun kun. Biz afsona bilan xayrlashmoqdamiz. Qalbim Lucheskuning oilasi va yaqinlari bilan birga. Oxiratingiz obod bo'lsin", — dedi Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti.

Luchesku Rossiya Premer-ligasida Sankt-Peterburgning "Zenit" klubidagi faoliyati bilan yodda qolgan. Bundan tashqari, mutaxassis Milanning "Inter", Turkiyaning "Beshiktosh" va "Galatasaroy", Donetskning "Shaxtyor" hamda Kievning "Dinamo" jamoalarini boshqargan. Shuningdek, ruminiyalik murabbiy Turkiya va Ruminiya milliy terma jamoalariga ham ustozlik qilgan.