Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bo'lajak jahon chempionati – 2026 o'yinlariga chiptalar narxi haqida fikr bildirdi.

«Mundial o'yinlarining narxi AQShdagi boshqa sport turlarining barcha pley-off bosqichlaridagiga qaraganda pastroq. Biz chiptalarni sotuvga chiqarganimizda, ular yuqoriroq narxda sotilmoqda. Bu hammasi to'g'ri ekanligini ko'rsatadi. Bunday qarorlar sinchkovlik bilan o'tkazilgan tahlillardan so'ng qabul qilinadi», - deya rahbarning so'zlarini keltiradi The Athletic.

Jahon chempionati - 2026 AQSh, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lgan davrda bo'lib o'tadi. Amaldagi titul sohibi Argentina milliy terma jamoasi hisoblanadi.