FIFA rahbari AQSh prezidentining «Tinchlik kengashi»da ishtirok etdi

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muntazam ravishda birga vaqt o'tkazmoqda. Infantino hatto «Tinchlik kengashi» (Peace Council) yig'ilishida ham ishtirok etdi va u erda a'lo kayfiyatda boshiga «USA» yozuvi tushirilgan kepkani kiyib ko'rdi. Tadbir davomida Tramp Infantinoga qarata murojaat qildi.
«Bu erdagilarning barchasi — davlat rahbarlari, Jannidan tashqari. Ammo u futbolning rahbari, shuning uchun bu unchalik yomon emas. Shundaymi, Janni? Menimcha, uning ishi hammasidan ham ko'proq menga yoqadi», — deb bayonot berdi Tramp.
Avvalroq Janni Infantino Rossiya futboliga qo'yilgan sanktsiyalarni olib tashlashni qo'llab-quvvatlagan edi. Rossiya jamoalari qariyb to'rt yildan beri rasmiy xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmayapti.