Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA)ning rasmiy sayti xabariga ko'ra, final bosqich Qatarda o'tkaziladi.

Turnirning so'nggi uchta uchrashuvi Qatarda bo'lib o'tadi:

— 10 dekabr kuni «Ikki Amerika derbisi»da Meksikaning «Krus Asul» klubi joriy mavsum Kubok Libertadores g'olibi bilan bahs olib boradi.

— Shu o'yin g'olibi 13 dekabr kuni FIFA Challenger Cup doirasida Misrning «Piramids» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

— Finalda esa 17 dekabr kuni Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi mazkur juftlik g'olibi bilan kuch sinashadi.

Turnir final bosqichining ilk ikki o'yini «Ahmed bin Ali» stadionida o'tkaziladi. Qolgan final uchrashuvi qaysi stadionda bo'lishi keyinroq e'lon qilinadi.

Manba: championat.com