FIFA prezidenti Ronalduning rekordidan so'ng unga murojaat qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning navbatdagi rekordiga izoh berdi.
Seshanba kuni 40 yoshli forvard Vengriyaga qarshi o'yinda (2:2) dubl qayd etdi. Endi Ronalduning hisobida jahon chempionati saralash bosqichidagi 41 ta gol bor - bu barcha davrlar uchun rekord.
"Barakalla, Krishtianu! 41 gol! Jahon chempionati saralashi tarixidagi eng yaxshi to'purar unvoni bilan tabriklayman. Buyuk futbolchining yana bir aql bovar qilmas rekordi," - deb yozdi Infantino ijtimoiy tarmoqda.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida jami 225 ta o'yinda 143 ta gol urgan. Futbolchining milliy terma jamoadagi debyuti 2003 yil avgust oyida bo'lib o'tgan.