Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining rekord goliga munosabat bildirdi.

Messi 2026 yilgi jahon chempionati J guruhi 2-turidan o'rin olgan Argentina va Avstriya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning 39-daqiqasida gol urdi. 

«Tarix yaratildi. Lionel Messi — futbol bo'yicha jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar!» — deyiladi tashkilot matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasidagi xabarda.

Ma'lumot uchun, Messi jahon chempionatlaridagi 17-golini (2026 yilgi mundialdagi to'rtinchisini) urdi va bu ko'rsatkich bo'yicha Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Klozeni (16 ta gol) ortda qoldirdi.

Manba: Stadion.uz