Ispaniyaning “Atletik” klubiga Aymerik Lyaportni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi.

Avvalroq ispan klubi “An-Nassr” himoyachisi transferini kelishib, rasmiylashtirgani, biroq Saudiya klubi kelishuv haqidagi ma'lumotni TMS (Transfer Matching System)ga kechiktirgani xabar qilingandi.

Natijada ushbu transfer amalga oshmay qolgandi.

Endilikda esa “Atletik”ning ma'lum qilishicha, FIFA Ispaniya futbol federatsiyasiga Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasidan xalqaro transfer sertifikatini olishga ruxsat berdi.

Manba: www.championat.com