FIFA JCh-2026ning muxlislar talqinidagi ramziy terma jamoasini e'lon qildi

FIFA 2026 yilgi jahon chempionatining muxlislar ovoziga ko'ra tuzilgan ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Undan Ispaniya va Frantsiya terma jamoalaridan uch nafardan, Argentinadan ikki nafar, shuningdek Kabo-Verde, Angliya va Norvegiyadan bir nafardan futbolchi o'rin oldi.
Darvozabon:
-
Vozinya (Kabo-Verde)
Himoyachilar:
-
Pedro Porro (Ispaniya)
-
Lisandro Martines (Argentina)
-
Dayo Upamekano (Frantsiya)
-
Mark Kukurelya (Ispaniya)
Yarim himoyachilar:
-
Rodri (Ispaniya)
-
Maykl Olise (Frantsiya)
-
Jud Bellingem (Angliya)
Hujumchilar:
-
Lionel Messi (Argentina)
-
Erling Xoland (Norvegiya)
-
Kilian Mbappe (Frantsiya)
2026 yilgi jahon chempionatida 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etdi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tdi. Finalda Ispaniya terma jamoasi Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etib, jahon chempioniga aylandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar