FIFA JCh-2026 bronza medali uchun bahsni boshqarib boradigan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi

JCh-2026 musobaqasining 3-o'rin uchun kechadigan Frantsiya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi bahsga xizmat ko'rsatadigan hakamlar brigadasi ma'lum bo'ldi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvni venesuelalik tajribali hakam Xesus Valensuela boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Xorxe Martines va Tulio Moreno ko'mak berishadi. To'rtinchi hakam vazifasini marokashlik Jalal Jayed bajarsa, zaxira hakami sifatida yana bir marokashlik Zakariya Brinsi tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi yarim finalda Ispaniyaga (0:2), Angliya esa Argentinaga (1:2) imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Musobaqaning hal qiluvchi finalida esa ispaniyalik Slavko Vinchich ishlaydi.
Frantsiya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi «bronza» finali 19 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar