FIFA JCh-2026 boshlanishi arafasida Gaitiga ultimatum qo'ydi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Gaiti terma jamoasining Jahon chempionati—2026 uchun tayyorlagan sport liboslari to'plamidan norozi bo'ldi. Bu haqda BBC nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, tashkilot Gaiti futbol federatsiyasi oldiga qat'iy talab qo'ygan. Unga ko'ra, terma jamoa libosini o'zgartirishi shart, chunki unda harbiy harakatlar aks etgan sahnalar tasvirlangan. Bu esa FIFAning ichki reglamenti va nizomiga butunlay zid keladi.
Ma'lumot uchun, Gaiti terma jamoasi mundialdagi debyut uchrashuvini Shotlandiyaga qarshi o'tkazadi. Mazkur bahs 14 iyun kuniga rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati bahslari AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida 11 iyundan 19 iyulga qadar bo'lib o'tadi. Musobaqaning amaldagi g'olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.