Kanadalik xonanda Jastin Biber 2026 yilgi Jahon chempionati final uchrashuvining tanaffus qismida tashkil etiladigan shou ishtirokchilaridan biriga aylanadi, deb xabar bermoqda FIFA matbuot xizmati.

Final tanaffusidagi shou FIFAning global ta'lim jamg'armasini qo'llab-quvvatlash maqsadida o'tkaziladi. Ushbu tashabbus doirasida butun dunyo bo'ylab bolalarning ta'lim va futbolga bo'lgan imkoniyatlarini kengaytirish uchun 100 million dollar mablag' to'plash ko'zda tutilgan. Jahon chempionati o'yinlariga sotilgan har bir chiptadan bir dollar ushbu jamg'armaga o'tkaziladi. Hozirgi kunga qadar 50 million dollardan ortiq mablag' to'plangan.

«Futbol bo'yicha Jahon chempionati dunyoni hech narsa qila olmaydigan darajada birlashtiradi. Men final tanaffusidagi shouning bir qismi bo'lish imkoniyatidan minnatdorman, chunki bu shou allaqachon butun dunyo bo'ylab bolalar uchun ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berayotganini bilaman», — deya Biberning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Avvalroq, shouda amerikalik xonanda Madonna, kolumbiyalik ijrochi Shakira va Janubiy Koreyaning «BTS» guruhi ham chiqish qilishi e'lon qilingan edi.

Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada o'tkazilmoqda. Turnir 19 iyul kuni Ist-Raterforddagi (Nyu-Jersi shtati, AQSh) «Metlayf» stadionida bo'lib o'tadigan final uchrashuvi bilan yakunlanadi.

Manba: Stadion.uz