FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi

The Times nashri xabariga ko'ra, FIFA Britaniyaning Ten Toes Media agentligi bilan 22 oy muddatga 2,5 mln evrodan ortiq summaga shartnoma tuzdi.
Avvalroq Infantino Jahon chempionati va FIFA shafeligidagi boshqa turnirlarning tijoriy huquqlari bir qismini xususiy investorlarga sotish istagi sababli tanqidga uchragan edi. FIFA prezidentining navbatdagi saylovi 2027 yil 18 mart kuni bo'lib o'tadi.
Kommentariyalar