Germaniya terma jamoasi hujumchisi Deniz Undav JCh-2026 guruh bosqichidan o'rin olgan Kot-d'Ivuarga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Uchrashuv Kanadadagi «Bi-Em-O Fild» stadionida bo'lib o'tdi va Germaniyaning 2:1 hisobidagi irodali g'alabasi bilan yakunlandi. Nemislar bahs davomida hisobda ortda borayotgan bo'lsa-da, ikkinchi bo'limda vaziyatni o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi.

29 yoshli Undav maydonga 60-daqiqada zaxiradan tushirildi va jamoasi g'alabasining asosiy qahramoniga aylandi. Hujumchi 68-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 90+4-daqiqada g'alaba golini kiritib, dubl qayd etdi.

Statistikaga ko'ra, Undav 30 daqiqa harakat qildi. U darvoza tomon uchta zarba berdi va ularning barchasi aniq chiqqan. Shuningdek, ikki marta hal qiluvchi uzatma amalga oshirdi. Uning uzatmalar aniqligi 88 foizni tashkil etdi.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi guruh bosqichining so'nggi turida Ekvadorga qarshi bahs olib boradi. Kot-d'Ivuar esa Kyurasao bilan kuch sinashadi.

Manba: Stadion.uz