FIFA Frenki de Yongning jarohati uchun «Barselona»ga tovon puli to'laydi

FIFA Frenki de Yongning jarohati uchun «Barselona» klubiga tovon puli to'laydi.
Xabar qilinishicha, Niderlandiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yongning jarohati sabab safdan chiqishi 4-6 oyni tashkil etadi. Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) klublarni himoya qilish dasturi doirasida yuzaga kelgan ushbu vaziyat uchun Kataloniya klubiga kamida 2 million evro miqdorida mablag' to'lab beradi.
Qayd etilishicha, futbolchi jarohatni terma jamoaning rasmiy uchrashuvi vaqtida olgani sababli, FIFA uning tiklanish davri uchun klubga moliyaviy kompensatsiya ajratishga majbur. Rasmiy to'lovlar joriy yilning 28 iyulidan boshlanishi kutilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar