FIFA Frantsiya — Marokash uchrashuviga 5 nafar argentinalik hakamni tayinladi

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) jahon chempionatining 1/4 finalidan o'rin olgan Frantsiya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga Argentinadan bo'lgan hakamlar brigadasini tayinladi.
Uchrashuvda bosh hakam sifatida Fakundo Telo qayd etiladi, unga qanotlarda va VAR tizimida Xuan Pablo Belatti, Gabriel Chade, Dario Errera va Kristian Navarro yordam berishadi.
Frantsiya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi JCh chorak final bahsi 9 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar