Eron Pro-ligasida to'p tepayotgan vakillarimiz O'zbekistonga qaytishi mumkin.

Biroq Eron ushbu holatni shartli ravishda amalga oshirmoqda. Ya'ni futbolchilar boshqa klubga faqatgina ijara asosida yo'l olishi mumkin. Futbolchilarimiz 5 mayga qadar O'zbekistonga qaytib faoliyatini davom ettirishi mumkin. Bundan tashqari, agar Yaqin Sharqda vaziyat o'zgarmasa, ijara muddati cho'zilishi ham mumkin.

Eslatib o'tamiz, ayni vaqtda Eron klublarida 5 nafar vakilimiz to'p tepmoqda:

  • Oston O'runov va Igor Sergeev («Persepolis»)

  • Jaloliddin Masharipov va Rustam Ashurmatov («Istiqlol»)

  • Odiljon Hamrobekov («Traktor»)

Manba: jch.uza.uz