Yaqinda futbol olami FIFAning Folarin Balogunga nisbatan qo'llanilgan diskvalifikatsiyani bir yillik sinov muddati bilan to'xtatib turish qarorini muhokama qilgan edi. Ushbu qaror hujumchiga qizil kartochka olgan bo'lishiga qaramay, Jahon chempionatining chorak finalida Belgiyaga qarshi maydonga tushish imkonini berdi.

Balogunning diskvalifikatsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning qo'ng'irog'idan so'ng kechiktirildi, garchi FIFA bu holat intizom qo'mitasi qaroriga ta'sir qilmaganini da'vo qilsa-da.

Ammo Angliya terma jamoasi himoyachisi Jarell Kuansa Meksikaga qarshi o'yinda chetlatilganidan so'ng ikkita o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Sky nashrining yozishicha, FIFA bu safar Balogun vaziyatidan farqli o'laroq, boshqacha qaror qabul qilgan.

Shu tariqa, Kuansa Norvegiyaga qarshi chorak final va Jahon chempionatining potentsial yarim final o'yinlarini o'tkazib yuboradi.

Manba: Stadion.uz