Samarqand shahrida FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss musobaqasi doirasida 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda 9 nafar hamyurtimizlar orasida Nodirbek Abdusattorov va Ortiq Nig'matov g'alaba qozonishdi. Ushbu g'alabadan keyin Abdusattorov o'z ochkolarini 2,5 taga etkazib, jadvalda 6-o'ringa ko'tarilib oldi.

Qizlar orasida esa Gulruhbegim Tohirjonova ketma-ket 2 ta mag'lubiyatdan keyin bugun g'alaba nashidasini surdi. Guldona Karimova, Afruza Hamdamova va Madinabonu Xalilova durang qayd etishgan bo'lsa, Umida Omonova mag'lubiyatga uchradi.

FIDE Grand Swiss 2025 — 3-tur natijalari (O'zbekiston vakillari)

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Abhimanyu Puranik (Hindiston) - 1:0
Javohir Sindarov — Ivan Cheparinov (Bolgariya) - 0:1
Nodirbek Yakubboev — Jyul Mussard (Frantsiya) - 0,5:0,5
Muhiddin Madaminov — Shamsiddin Vohidov  - 0,5:0,5
Jahongir Vohidov - Pentala Xarikrishna (Hindiston) - 0:1
Abdumalik Abdusalimov — Olisa Tennison Evomazino (Nigeriya)  - 0,5:0,5
Ortiq Nig'matov — Velimir Ivich (Serbiya) - 1:0
Muhammadzohid Suyarov — Xaik Martirosyan (Armaniston)  - 0,5:0,5

Ayollar (Women’s):

Gulruhbegim Tohirjonova — Gomes Barrera (Chili) - 1:0
Guldona Karimova — Olga Girya (Rossiya) - 0,5:0,5
Afruza Hamdamova — Mo Jai (Xitoy) - 0,5:0,5
Umida Omonova — Anna Ushenina (Ukraina) - 0:1
Madinabonu Xalilova — Anna Muzichuk (Ukraina) -  0,5:0,5


Musobaqada ertaga 4-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Erkaklar (Open):

Nodirbek Abdusattorov — Parham Maqsudli (Eron)
Javohir Sindarov — Daniel Darda (Belgiya)
Nodirbek Yakubboev — Yuriy Kuzubov (Ukraina)
Shamsiddin Vohidov — Igor Samunenkov (Ukraina)
Muhiddin Madaminov — Shant Sargsyan (Armaniston)
Jahongir Vohidov - Aleksandr Injich (Serbiya)
Abdumalik Abdusalimov — Velimir Ivich (Serbiya)
Ortiq Nig'matov — Nikolo Teodorou (Gretsiya)
Muhammadzohid Suyarov — Ediz Gurel (Turkiya)

Ayollar (Women’s):

Gulruhbegim Tohirjonova — Yuliya Osmak (Ukraina)
Guldona Karimova — Antoaneta Stefanova (Bolgariya)
Afruza Hamdamova — Irina Krush (AQSh)
Umida Omonova — Meri Arabidze (Gruziya)
Madinabonu Xalilova — Kseniya Balabaeva (Qozog'iston)

Manba: stadion.uz