FIDE Grand Swiss. 6-turda faqat Ortiq Nig'matov g'alaba qozondi

Samarqand shahrida shaxmat bo'yicha FIDE Grand Swiss va FIDE Women’s Grand Swiss musobaqasi doirasida kecha 6-tur bahslari bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik shaxmatchilar uchun mazkur tur u qadar muvaffaqiyatli bo'lmadi. Faqat 1 nafar sportchimiz g'alaba qozongan bo'lsa, 8 vakilimiz mag'lubiyat alamini tortdi. 5 shaxmatchimiz esa durang qayd etdi.
G'alaba Ortiq Nig'matovga nasib etdi. U armanistonlik Xaik Martirosyanni mag'lub etdi. Nodirbek Yoqubboev va Javohir Sindarov o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldi, ammo ular bu imkoniyatda foydalana olishmadi. Abdusattorovning raqibi esa bahs boshidanoq durangga o'ynadi va bexato harakat qildi.
Qizlar orasida Afruza Hamdamova qozog'istonlik kuchli grosmeyster Bibisara Assaubaevaga qarshi dona surib, durangga erishdi. Qolgan qizlarimiz bu turda mag'lub bo'lishdi.
5-turdan keyin Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboev 4,0 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalida mos ravishda 13 va 21-pog'onalarni egallab turishibdi.
Qizlar orasida Afruza Hamdamova 4,0 ochko 8-o'rinni band etgan.
FIDE Grand Swiss 2025 — 6-tur natijalari (O'zbekiston vakillari)
Erkaklar (Open):
Nodirbek Abdusattorov — Maksim Rodshteyn (Isroil) - 0,5:0,5
Javohir Sindarov — Salim Solih (BAA) - 0,5:0,5
Nodirbek Yakubboev — Pranav (Hindiston) - 0,5:0,5
Shamsiddin Vohidov — Xans Nimann (AQSh) - 0:1
Muhiddin Madaminov — Maksim Chigaev (Ispaniya) - 0:1
Jahongir Vohidov - Aleksandr Donchenko (Germaniya) - 0:1
Abdumalik Abdusalimov — Murali Kartikeyan (Hindiston) - 0,5:0,5
Ortiq Nig'matov — Xaik Martirosyan (Armaniston) - 1:0
Muhammadzohid Suyarov — Amin Bassim (Misr) - 0:1
Ayollar (Women’s):
Afruza Hamdamova — Bibisara Assaubaeva (Qozog'iston) - 0,5:0,5
Gulruhbegim Tohirjonova — Xarika Dronavali (Hindiston) - 0:1
Guldona Karimova — Mariya Muzichuk (Ukraina) - 0:1
Umida Omonova — May Narva (Estoniya) - 0:1
Madinabonu Xalilova — Stavroula Tsolakidu (Gretsiya) - 0:1
Musobaqada bugun dam olish kuni. 7-tur o'yinlari ertaga bo'lib o'tadi.
Erkaklar (Open):
Nodirbek Abdusattorov — Amin Tabataboiy (Eron)
Javohir Sindarov — Robert Oganesyan (Armaniston)
Nodirbek Yakubboev — Aliriza Firuzja (Frantsiya)
Shamsiddin Vohidov — Vasiliy Ivanchuk (Ukraina)
Muhiddin Madaminov — Aleksandar Injich (Serbiya)
Jahongir Vohidov - Tennison Evomazion Olisa (Nigeriya)
Abdumalik Abdusalimov — Xaik Martirosyan (Armaniston)
Ortiq Nig'matov — Maksim Chigaev (Ispaniya)
Muhammadzohid Suyarov — Daniel Darda (Belgiya)
Ayollar (Women’s):
Afruza Hamdamova — Mariya Muzichuk (Ukraina)
Gulruhbegim Tohirjonova — Oliviya Kiolbasa (Polsha)
Guldona Karimova — Anna Ushenina (Ukraina)
Umida Omonova — Agraval Vantika (Hindiston)
Madinabonu Xalilova — Teodora Injach (Serbiya)

Amaldagi shaxmat toji egasi Gukesh Dommarajju ketma-ket 2 ta mag'lubiyatdan keyin 53-o'ringa tushib ketdi (3 ochko).