FIA Prezidenti Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Xalqaro avtosport federatsiyasi (FIA) Prezidenti Muhammad Ben Sulayem boshchiligidagi delegatsiya bugun Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Ularga Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati hamrohlik qildi.
Tashrif chog'ida mehmonlarga O'zbekistondagi boy islom tarixi, madaniy merosi va markazda saqlanayotgan bebaho ma'naviy yodgorliklar haqida atroflicha ma'lumot berildi. Xususan, janob Ben Sulayem mamlakatimizda sport yo'nalishidan tashqari ma'rifiy yo'nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar, madaniy merosni asrash va targ'ib qilish borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.