Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) Prezidenti Muhammad Ben Sulaem boshchiligidagi delegatsiya bugun Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor qidiruv boshqaruv markaziga tashrif buyurdi. 

Delegatsiyani Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov qarshi oldi.

Rasmiylar tashrif davomida mehmonlarni markaz faoliyati bilan tanishtirib, uning imkoniyatlari va ishlash tizimi haqida batafsil ma'lumot berishdi.