Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo terma jamoaning yangi bosh murabbiyi nomi aniq bo'lganini ma'lum qildi.

Avvalroq FFF Zinedin Zidan bilan og'zaki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Dide Desham JCh-2026 turniridan so'ng o'z lavozimini tark etadi.

«Ha, men uning ismini bilaman. Keling, Jahon chempionatidan keyin yana ko'rishamiz.

Biz beshtaga yaqin nomzoddan ariza oldik va ularning barchasi Frantsiya fuqarolari. Bizga ko'plab talablarga javob beradigan va frantsuz xalqining qo'llab-quvvatlashiga sazovor bo'la oladigan mutaxassis kerak. Chunki Frantsiya terma jamoasi — bu frantsuz xalqining jamoasidir. Murabbiy va xalq o'rtasida bog'liqlik bo'lishi shart. Dide Desham o'z lavozimidagi o'n to'rt yil davomida bunga erisha oldi. Uning vorisi ham ushbu talabga to'liq mos kelishi lozim», — dedi Diallo Le Figaro nashriga bergan intervyusida.