Fevralda "Al Hilol"ga o'tgan Benzema klub bilan shartnomani bekor qildi

Klub "Real" va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi bilan shartnoma tomonlarning o'zaro roziligiga ko'ra bekor qilinganini e'lon qildi.
Benzema shu yilning fevral oyidan beri "Al Hilol" sharafini himoya qilayotgan edi. U klub tarkibida barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.
Kommentariyalar