«Barselona» hujumchisi Ferran Torres bosh murabbiy Xans-Diter Flik unga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgan deb hisoblaydi.

Jurnalist Nil Solaning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsumda «ko'k-anorranglilar»ning asosiy tarkibida muntazam ravishda maydonga tushishga loyiq bo'lganiga ishonchi komil. 26 yoshli forvard Flikdan xafsalasi pir bo'lgan, chunki u Robert Levandovskidan yaxshiroq o'ynayotganiga va jamoaning asosiy hujumchisi bo'lishi kerakligiga ishongan.

Levandovski allaqachon «Barselona»ni tark etgan, Ferran Torresning kelajagi esa hamon so'roq ostida — uning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadi. Mish-mishlarga ko'ra, kataloniyaliklar rahbariyati allaqachon jahon chempioni bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni rejalashtirib qo'ygan.

Manba: Stadion.uz