«Barselona» hujumchisi Ferran Torres o'z kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar tarqatdi.

26 yoshli futbolchi hozircha kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomaga ega ekanini ta'kidladi.

«Mening "Barselona" bilan shartnomam bor. Lekin futbolda hech narsani oldindan aniq aytib bo'lmaydi. Men faqat to'g'ri qaror qabul qilish imkoniyatini kutyapman. Hozircha kelasi mavsumda qaerda o'ynashimni bilmayman», — dedi Torres.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, «Barselona» Ferran Torresni 55 million evro evaziga sotishga tayyor. Hujumchiga asosiy da'vogar sifatida Frantsiyaning «PSJ» klubi ko'rilmoqda.

Manba: Stadion.uz