«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres jahon chempionatlari finalida zaxiradan maydonga tushib, g'oliblik golini kiritgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi.

U Argentinaga qarshi kechgan hal qiluvchi bahsning 106-daqiqasida gol urib, mamlakatiga ikkinchi jahon chempionligini keltirdi.

Eslatib o'tamiz, bunday natijani qayd etgan birinchi futbolchi germaniyalik Mario Gettse bo'lib, u ham 2014 yilgi finalda Argentina darvozasiga gol urib (1:0), o'z jamoasiga g'alaba keltirgan edi.

Manba: Stadion.uz