Ferran Torres "Xetafe"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida dubl qayd etdi.

"Barselona" La Liganing 5-turida "Xetafe"ni (2:0, tanaffus) qabul qilmoqda.

Uchrashuvning 15-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi hisobni ochgan bo'lsa, 34-daqiqada jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ferran Ispaniya chempionatida 4 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.