Fernando Muslera Urugvay terma jamoasi tarixida JChda ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

Urugvay terma jamoasi darvozaboni Fernando Muslera jahon chempionatlari tarixida milliy jamoasi safida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Tajribali posbon JCh–2026 guruh bosqichi 1-turida Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Muslera ushbu uchrashuvda maydonga tushgan vaqtda 39 yosh 364 kunlik edi. Shu tariqa u Urugvay terma jamoasi tarixida jahon chempionatlarida ishtirok etgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Bungacha ushbu rekord markaziy himoyachi Diego Godinga tegishli edi. U 2022 yilgi jahon chempionatida 36 yosh 285 kunligida maydonga tushgan.
Manba: championat.com