Fernandesh Saudiyaga borishni istamayapti

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni matbuot Saudiya Arabistoni klublari bilan bog'lashda davom etmoqda. Ammo, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu harakat qilayotgan ligaga borishni istamayapti.
BBC’ning Fernandeshga yaqin manbasiga tayanib xabar berishicha, futbolchining yaqin yozda Saudiya Arabistoni klubiga o'tish rejasi yo'q. Agar xavbek "Manchester Yunayted"dan ketadigan bo'lsa, Brununi Premer-ligadan tashqari Evropaning boshqa top-klublaridagi variantlar ko'proq qiziqtiradi.
31 yoshli Brunu Fernandeshning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Unda 65 million evroga sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan.