Fernandesh «Real»ni emas, «Tottenxem»ni tanladi

«Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh o'z kelajagi borasida bir qarorga keldi.
«Diario AS» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchi «Real»ga o'tmaydi – xavbekning Madrid klubiga ehtimoliy transferi bilan bog'liq hikoya yakunlandi. «Qaymoqranglilar» tomonidan bo'lgan qiziqishga qaramay, Fernandesh portugaliyalikni o'z tarkibiga qo'shib olishga tayyor bo'lgan «Tottenxem»ga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Mateush Fernandesh 2025 yilda «Sautgempton»dan «Vest Xem»ga 44 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi «bolg'achilar» safida barcha turnirlarda 42 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Transfermarkt» portali Fernandeshning qiymatini 50 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar