«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sardori Brunu Fernandesh va yana to'rt nafar futbolchi 30 dekabr kuni APLning 19-turida «Vulverxempton»ga qarshi uchrashuvga qadar tiklanib ulgurmasligini ma'lum qildi.

«Meyson [Maunt] o'yinga qanday tayyor bo'lishi mumkinligini bilmayman. Qolganlari ham xuddi shunday. Brunu esa allaqachon mashg'ulot qilish kerakligini aytayapti [kuladi], ammo biz bu borada ishonch hosil qilganimiz yo'q.

Maynu maydonda ish boshlaydi. Matteys [de Ligt]da kichik muammolar bor, Xarri [Maguayr]da ham xuddi shu holat. Shu sababli men bu futbolchilarni «Vulverxempton»ga qarshi o'yinda kutmayapman.

«Lids»ga qarshi o'yin haqida esa hozircha aniq ayta olmayman», — deya Amorimning so'zlarini klub matbuot xizmati keltiradi.

Manba: sport24.ru